Jinoyat-protsessual kodeksi 192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi

Oʻzidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qoʻllaniladigan usullar ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlsa, ulardan majburlov yoʻli bilan namunalar olinadi. Oʻzga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan hollarda majburlov yoʻli bilan olinishi mumkin.