Jinoyat-protsessual kodeksi 197-modda. Namunalar olish bayonnomasi

Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, oʻziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.