Jinoyat-protsessual kodeksi 207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish

Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim.