Jinoyat-protsessual kodeksi 213-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar

Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qoʻllashga haqlidir. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllashga haqlidir.