Jinoyat-protsessual kodeksi 214-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi va asosliligi

Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud boʻlganda va qonunda belgilangan tartibda qoʻllanilishi mumkin. Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan boʻlsa, protsessual majburlov faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.