Jinoyat-protsessual kodeksi 227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish

Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻgʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim. Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab oʻtgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.