Jinoyat-protsessual kodeksi 235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish

Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi.