Jinoyat-protsessual kodeksi 259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish

Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart.