Jinoyat-protsessual kodeksi 277-modda. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish

Fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi daʼvoni qoʻzgʻatgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy daʼvogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.