Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi.