Jinoyat-protsessual kodeksi 279-modda. Prokurorning fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi va uni quvvatlashi

Prokuror fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi yoki qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, daʼvoga qarshi eʼtiroz bildirishi shart.