Jinoyat-protsessual kodeksi 289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish

Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.