Jinoyat-protsessual kodeksi 295-modda. Mol-mulk xatlanganligini bekor qilish

Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yozuv chiqarib tashlanadi.