Jinoyat-protsessual kodeksi 298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi

Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi.