Jinoyat-protsessual kodeksi 3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi

Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi.