Jinoyat-protsessual kodeksi 311-modda. Huquqlarni daʼvo tartibida tiklash

Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilmagan boʻlsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u tegishli talab bilan daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir.