Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bunday toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin. Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.