Jinoyat-protsessual kodeksi 319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi

Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.