Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart. Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.