Jinoyat-protsessual kodeksi 347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish

Har bir tergovchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. Tergovchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Tergovchining topshirigʻini bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.