Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar guruh rahbari boʻlgan tergovchi topshiriqlarini, koʻrsatmalarini bajaradilar va bu toʻgʻrida uni xabardor qiladilar. Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi guruh rahbari boʻlgan tergovchining topshirigʻini, koʻrsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga oʻz eʼtirozlarini bildiradi. Guruh rahbari boʻlgan tergovchi bu eʼtirozlarni koʻrib chiqib, topshiriqni yoki koʻrsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud oʻzi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi oʻz eʼtirozlari boʻyicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi boʻlmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga oʻz eʼtirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi.