Jinoyat-protsessual kodeksi 365-modda. Qidiruv eʼlon qilish

Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi shart. Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishga haqli. Qidiruv dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyin ham eʼlon qilinishi mumkin. Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.