Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin. Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart. Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim.