Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun koʻrilayotgan choralardan muntazam xabardor boʻlib turadi va shu maqsadda oʻzi soʻrov xatlari yuboradi, maʼlumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor boʻlib turadi. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar koʻradi. Dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.