Jinoyat-protsessual kodeksi 373-modda. Jinoyat ishini tugatish

Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi. Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlganda, jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.