Jinoyat-protsessual kodeksi 378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish

Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.