Jinoyat-protsessual kodeksi 383-modda. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari

Prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha ayblovning ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tuzish uchun yetarli deb eʼtirof etsa, shu voqealar boʻyicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma koʻrsatma berishga haqli.