Jinoyat-protsessual kodeksi 398-modda. Mulkiy zararni qoplashni taʼminlash choralari

Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi.