Jinoyat-protsessual kodeksi 4-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi

Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi. Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qoʻllaniladi.