Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar: 1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa; 2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa; 3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa; 4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chogʻida unga ushbu Kodeksning 375 va 381¹³-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa; 5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa. Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻgʻrisi