Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak. Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi. Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi. Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi. Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya bos