Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart. Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir. Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin.