Jinoyat-protsessual kodeksi 415-1-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish

Surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi. Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi.