Jinoyat-protsessual kodeksi 420-1-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash

Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi. Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 405¹-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.