Sud tergovida tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131 , 153 — 156 , 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidirlar. Sud ushbu harakatlarni oʻtkazishda koʻmaklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir. Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.