Jinoyat-protsessual kodeksi 462-modda. Hukm turlari

Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart.