Jinoyat-protsessual kodeksi 477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish

Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart.