Jinoyat-protsessual kodeksi 481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishining koʻrilishida: 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hayʼatlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.