Jinoyat-protsessual kodeksi 486-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi

Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb eʼtirof etiladi, agar ish boʻyicha: 1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa; 2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa; 3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa; 4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa; 5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa.