Jinoyat-protsessual kodeksi 497-10-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish

Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.