Jinoyat-protsessual kodeksi 497-5-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi

Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi. Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 497⁶-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli.