Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi hukmning, ajrimning ijrosini toʻxtatib turish uchun asos boʻlmaydi. Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddatda ishni shikoyatlar (protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.