Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (xususiy shikoyatlar, xususiy protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga taftish tartibida koʻruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.