Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning taftish tartibidagi shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular taftish tartibidagi shikoyatda, protestda bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning yoki protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat (protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar taftish tartibida berilgan shikoyatlar bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Taraflar oʻz vajlarini bayon etish bilan birga taftish tartibida berilgan shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki rad etib sudga qoʻshimcha materiallarni taqdim etishga haqli. Qoʻshimcha ma