Jinoyat-protsessual kodeksi 521-3-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrish tartibi

Jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning shikoyati, protesti (xususiy shikoyati, xususiy protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, taftish tartibidagi shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) bayon etilgan iltimosnomalarni ular quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlgan taqdirda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat (xususiy shikoyat) mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti (xususiy protesti) mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish shikoyatlari (xususiy shikoyatlar) yuzasidan fikrini bildiradi, protestda (xususiy protestda)