Jinoyat-protsessual kodeksi 526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan koʻrib chiqish

Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda taʼminlanishi mumkin. Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi.