Jinoyat-protsessual kodeksi 538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish

Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin.