Jinoyat-protsessual kodeksi 539-modda. Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish tartibi

Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44 , 45¹ , 46 , 48¹ , 82 , 82¹ , 83 va 84¹-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.