Jinoyat-protsessual kodeksi 550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash

Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirigʻi yoki roziligi bilan chaqirilmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini oʻz tashabbusi bilan taʼminlashga majbur.