Jinoyat-protsessual kodeksi 551-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish

Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar koʻriladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar oʻqigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, bolalar masalalari boʻyicha komissiyani, zarur boʻlsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir.